product photo

Shamoili Muhammadiya 3 juz

Narxi: 281000 so'm

Yetkazib berish bepul

Imom Abu Iso Muhammad Termiziy: Shamoili Muhammadiya (3 ta kitob)

Buyuk muhaddis Abu Iso Termiziy rahmatullohi alayhning “Shamoili Muhammadiya" kitobi Islom olamida shuhrat qozongan, moʻtabar sanalgan manbadir. U o‘zining ajoyib uslubi bilan keng kitobxonlar eʼtiboriga tushgan, mag‘ribu mashriqqa dong‘i ketgan. Bu muborak kitobda bashariyatning eng afzal vakili, anbiyolar sayyidi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamning tashqi ko‘rinishlari, ulug‘ xislatlari, yuksak xulqlari, go‘zal muomalalari haqidagi hadislar keltirilgan.

Sahobalar sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni shu qadar aniqlik bilan vasf qilishganki, kitobni o‘qiganda xuddi u zotni ko‘rgandek bo‘lasiz. Asʼhobi kirom Rasulullohning yuzlari, ko‘zlari, qoshlari, kipriklari, sochlari, qo‘l-oyoqlari, yurishlari, o‘tirishlari, kiyinishlari, ovqatlanishlari, ibodatlari, odamlar bilan muomalalari qandayligini tiniq tavsiflab berishgan. Imom Termiziy ana shunday hadislarni “Shamoil"da jamlagan, ularni mohirona tartiblab, boblarga ajratgan.

Mo‘min banda Rasuli akram alayhissalom tashqi ko‘rinishlari, oliy fazilatlari haqida bilishi lozim maʼlumotlar mana shu kitobda bor. Uni qunt bilan o‘qigan kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamga xos go‘zal sifatlarni o‘rganadi. Bu bilan uning imoni mustahkamlanadi, Rasulullohga hurmat-eʼtibori, muhabbati ortadi.

Tarjimon va sharh muallifi: Ziyovuddin Rahim


Buyurtma bering